Rossiyaning Turkiya harbiylari urib tushirgan Su-24 samolyoti uchuvchisi, marhum Oleg Peshkovning oilasi Turkiyadan hech qanday tovon qabul qilmaydi. Bu haqda “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan intervyusida marhumning ukasi Pavel Peshkov bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS”.
“Albatta yo‘q, bo‘lmagan gap. Hech kim Turkiyadan tovon talab qilish niyatida emas. Nahot biz hozir qandaydir tovon so‘rab o‘tirsak? Xayolimizga ham kelgani yo‘q. Ular tovon beraman desa ham hech kim olmaydi. Bu shunchaki sharmandali emas, bu ayanchli hamdir”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Turkiyaning Kemer kurorti rasmiylari Peshkovning oilasiga shahardan uy sovg‘a qilish niyatini bildirgan edi.
Izoh (0)