Twitter’ning mashhur insayderlaridan biri @onleak o‘z sahifasida yangi Samsung’ning frontal paneli suratini joylashtirdi. Ushbu rasm Galaxy Note 7 da ko‘zning rangdor pardasini tekshiruvchi infraqizil skaner borligini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.
Suratda Samsung Galaxy Note 7 ning 5,7 dyuymli frontal paneli ko‘rsatilgan. Panelning yuqori qismida infraqizil datchik joylashgan bo‘lib, u foydalanuvchining ko‘zini tanish orqali smartfon blokini ochadi.
Mavzuga oid:
Uskunaning Super AMOLED-ekrani o‘lchami — 2K. Smartfon ikki versiyada chiqariladi: 2,3 GGs chastotali Snapdragon 821 protsessoriga ega hamda 2,6–2,7 GGs chastotali Exynos 8 Octa 8893 protsessoriga ega versiyalar.Operativ xotira hajmi 6 GB bo‘lib, u 10 nanometrli LPDDR4 modulida joylashadi. Doimiy xotiraning minimal hajmi — 64 GB, shuningdek, 128 va 256 GB li hamda microSD kartalariga uchun slotlarga ega versiyalar chiqariladi.
Asosiy kamera o‘lchami — 12 Mp, frontal kamera — 5 Mp, akkumulyator sig‘imi — 4000 mA/soat. Uskuna Android 6.0 dasturiy ta’minotining yangilangan New Grace UX ko‘rinishida ishlaydi. Shuningdek, suvdan himoya qilingan korpusdagi smartfon USB Type-C portiga, S-Pen “aqlli” qalamiga ega bo‘lishi, Samsung Pay’ni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Izoh (0)