Tojikiston chegara atrofida joylashgan narkoguruhlarga qarshi kurashda Afg‘oniston bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda respublika giyohvand moddalar nazorati bo‘yicha agentlik tezkor-qidiruv boshqarmasi boshlig‘i To‘rabeg Nazarzoda bayonot berdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
“Narkotikka qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi organlar bo‘lgan Tojikiston hukumati va agentlik giyohvand moddalarning mamlakat hududiga olib kirilmasligi uchun barcha ishni amalga oshirmoqda. Afg‘onistonda, Tojikistonga chegara hududda harakat qilayotgan guruhlarga nisbatan afg‘onistonlik hamkasblar bilan hamkorlikda qattiq choralar ko‘riladi”, — dedi u Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Nazarzoda yil boshidan buyon bir qancha narkoguruhlar fosh etilib, ularning faoliyatiga chek qo‘yilganini xabar qildi. Uning aytishicha, ayni paytda yirik transmilliy guruhni fosh qilish borasida ish olib borilmoqda.
Izoh (0)