Sayyohlar Xitoy janubi-sharqidagi Xunan viloyatida joylashgan dunyodagi eng uzun shisha ko‘prikni sindirishga urinib ko‘rdi. Konstruksiyaning mustahkamligini tekshirib ko‘rishni uni loyihalashtirgan muhandislarning o‘zlari taklif qildi, deb xabar bermoqda TJournal sayti Daily Mail’ga asoslanib.
Sinov 25-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Bosqon zarbalari natijasida shishada yoriqlar paydo bo‘ldi, ammo inshoot bunga dosh bera oldi. Shundan so‘ng avtomobil ko‘prik ustidan 393 metr yo‘l bosib o‘tdi.
Izoh (0)