Meksikaning markaziy qismidagi Sakatekas shtatida joylashgan qamoqxonada yuz bergan tartibsizlik davomida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi. Bu haqda, Milenio gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
To‘qnashuv bir-biriga qarshi kurashgan ikki uyushgan jinoiy guruh o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.
Qamoqxona ma’muriyati yarim soat ichida vaziyatni nazorat ostiga olishga erishdi. Huquqni muhofaza qilish organlari yuz bergan hodisani surishtirishga kirishdi.
Iyun oyining o‘rtasida Mexiko shtatida “Xuan Fernandes Albarran” axloq tuzatish muassasasida g‘alayon yuz bergan edi. Uni bostirish jarayonida yetti nafar tartib qo‘riqchisi va o‘n nafar mahbus jarohat olgan, uch nafar mahbus qochishga erishgan edi.
Izoh (0)