Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Og‘ir xastalikka chalingan bola Grozniy — Moskva samolyotida parvozdan 28 daqiqa o‘tib, vafot etdi, deya xabar bermoqda “TASS” Rossiya Tergov qo‘mitasiga tayanib.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Grozniy aeroportiga UTair aviakompaniyasining Grozniy — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirayotgan Boeing 737 samolyoti qo‘nishga majbur bo‘ldi. Shoshilinch qo‘nishga og‘ir xastalikdan azob chekkan chechenistonlik olti yoshli bolaning ahvoli keskin yomonlashgani sabab bo‘ldi. Bolani qutqarib bo‘lmadi, u samolyot bortida vafot etdi”, — deyiladi xabarda.

Samolyot Grozniy aeroportidan Moskva vaqti bilan 19:08 (Toshkent vaqti bilan 21:08)da uchib ketib, 19:36 (21:36)da ortiga qaytgan. Bortda 92 yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradagi qishlog‘i o‘qqa tutildi. Oqibatda bir ayol halok bo‘ldi (video)
Mahalliy
“Davlat OAV erkinligi, axborot izlash, olish va tarqatish huquqlarini kafolatlaydi” — Konstitutsiyaning 67-moddasiga yangi normalar kiritilmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda avtomobillar ko‘proq qaysi hududlarda ijaraga olinishi ma’lum bo‘ldi