Xitoyning Xunan provinsiyasida yo‘lovchi avtobusning yonib ketishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xunan provinsiyasi jamoat xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, moyning oqib ketishi avtobusning yonib ketishiga sabab bo‘lgan.
“Avtobus harakatlanayotgan vaqtda to‘siq ustidan yurib ketgani tufayli moy joylashgan bak shikastlangan va bu yong‘inni keltirib chiqargan”, — deyiladi boshqarma saytining xabarida.
Noxush hodisa Ichjan uyezdida sodir bo‘lgan. Ayni vaqtda yong‘in bartaraf qilingan, jarohatlarganlar esa shifoxonaga yetkazilgan.
Xabar qilinishicha, avtobus ichida 56 kishi bo‘lgan.
Izoh (0)