Eron shimoli-g‘arbidagi G‘arbiy Ozarbayjon viloyatida “islom inqilobi qo‘riqchilari” Korpusi tomonidan 25-iyun, shanba kuni o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida 12 nafar kurd jangarisi, jumladan, ikki nafar dala komandiri yo‘q qilindi. Bu haqda, Press-TV telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Eron axborot agentliklarining ma’lum qilishicha, harbiy to‘qnashuvlar 24-iyun, juma kuni kechqurun boshlangan va 25-iyun kuni Iroq va Turkiya bilan chegaradosh Sarobod va Maxobod tumanlarida davom etgan. U yerda jangarilar Islom Respublikasi hududiga kirishga uringan. Fars agentligining aniqlik kiritishicha, Korpus harbiy xizmatchilari orasida yo‘qotishlar yo‘q.
O‘tgan hafta Eron shimoli-g‘arbida “Pejak” kurd ekstremistik guruhining bir nechta qo‘poruvchilik otryadi yo‘q qilinganligi ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)