“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov maxsus xizmatlarga shifr kalitlari berilishini ko‘zda tutuvchi “Yarovaya qonun loyihasi” talablarini bajarmaydi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“Telegram shifrlash ma’lumotlari yoki kalitlarini uchinchi shaxslar, jumladan, hukumatga bermaydi. Ayrim mamlakatlarda qabul qilinadigan qonunlar ushbu siyosatga ta’sir o‘tkazmaydi”, — deya ta’kidlagan Durov.
24-iyun kuni Rossiya Davlat dumasi deputat Irina Yarovaya va senator Viktor Ozerov tomonidan kiritilgan aksilterror qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Ushbu loyiha axborot tarqatish tashkilotchilarini ma’lumotlar shifrlangan taqdirda maxsus xizmatlarga ularni o‘qish imkonini beruvchi manbalarni taqdim etish majburiyatini yuklaydi. Bundan bosh tortilgan taqdirda 1 million rublgacha jarima ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)