Tesla Motors rahbari Ilon Mask quyosh panellarini ishlab chiqaruvchi SolarCity kompaniyasi xarid qilinishi tufayli Tesla Motors kapitalizatsiyasi 1 trillion dollarga yetishi mumkinligini aytdi, deb yozadi “Kommersant”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkala kompaniya ham dastlab kapitalizatsiyada yo‘qotishlarga uchrashi mumkin. Biroq Ilon Mask SolarCity kelasi uch—olti oy davomida pul oqimlarining ijobiy saldosiga ega bo‘lishiga ishonadi. Uning aniqlik kiritishicha, SolarCity’ni xarid qilishi Tesla’ning pul mablag‘lariga ehtiyojiga ta’sir o‘tkazmaydi. Shuningdek, oldi-sotdi kompaniya yil oxirigacha pul oqimlarining ijobiy saldosiga ega bo‘lishi haqidagi prognozlarga ham ta’sir qilmasligi kerak.
Avvalroq Tesla Motors kompaniyasi (asoschisi va bosh direktori — Ilon Mask) quyosh energotizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadigan SolarCity kompaniyasini sotib olishni taklif qilgan edi. Ilon Mask ushbu energetika kompaniyasining ham eng yirik aksiyadori va direktorlar kengashi raisidir.
Izoh (0)