Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fotih Terim Yevro—2016 guruh bosqichi doirasidagi Ispaniyaga qarshi mag‘lubiyatdan keyin 21 kishini sudga berdi. Bu haqda “Chempionat” xabar tarqatdi.
Yevro—2016 guruh bosqichidagi 3 ta yirik mag‘lubiyatdan biri bo‘lgan 0:3 hisobidan keyin bir qator kishilar ijtimoiy tarmoqlarda Fotih Terim va uning oilasini haqoratlagan. Mutaxassis esa o‘z huquqidan foydalanib, haqoratlagan muxlislar ustidan Istanbul sudiga arz qilishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Turkiya terma jamoasi Yevro—2016 guruh bosqichining so‘nggi daqiqalariga qadar nimchorak finaldan umid qildi. Italiya terma jamoasining so‘nggi daqiqalarda Irlandiyadan gol o‘tkazib yuborishi Fotih Terim shogirdlarini Yevropa Chempionatidan chiqarib yubordi.
Yevro—2016 dan keyin Fotih Terimdan kam haqorat qilinmagan va 3 ta yirik mag‘lubiyatdan yana birini qabul qilib olgan Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiyning Moskva sudiga murojaat qilgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)