Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi 12-turidan o‘rin olgan “Andijon” — “Olmaliq” uchrashuvida mehmonlar yarim himoyachisi Diyor Turopov qariyb 70 metr masofadan gol urdi. Gol videosi YouTube’da e’lon qilingan.
Uchrashuv oxirida 0:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgan “Andijon” futbolchilari butun jamoa bo‘lib hujumga o‘tgan. Xususan, “Olmaliq” darvozasi oldida burchak zarbasi amalga oshirilayotganida, “Andijon” darvozaboni ham hujumga qo‘shilgan.
Biroq “Olmaliq” futbolchilari “Andijon”ning bu hujumini oson qaytargan, “Andijon” darvozaboni o‘z o‘rniga qaytishga ulgurmagan, “Olmaliq” yarim himoyachisi Diyor Turopov bo‘m-bo‘sh darvozani osonlik bilan ishg‘ol qilgan.
“Andijon” — “Olmaliq” uchrashuvi 2:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)