Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Dolores Aveyru mamlakat termasining Vengriyaga qarshi (3:3) o‘yinidan so‘ng Instagram’dagi sahifasida muxlislarga murojaat yo‘lladi.
“Endi u hech narsa qilmayapti, deb ko‘ringchi. Ikkita gol, golli uzatma va Portugaliya termasi nimchorak finalda”, – deb yozdi Dolores Aveyru.
Qariyb bir kun davomida Dolores Aveyruning murojaatiga 700 dan ortiq izoh qoldirilgan, 25 mingga yaqin foydalanuvchi “layk” bosgan.
Izoh (0)