Xitoylik Ma Sisyan ismli erkakning oilasi, dafn marosimidan uch yil o‘tib, uning aslida tirik ekanligini bilib qoldi. Voqeani Metro nashriga tayangan holda “Vesti.ru” bayon qildi.
Aytilishicha, 2009-yilda Xengan shahrida istiqomat qiluvchi aqli noqis erkak bedarak yo‘qolgan. Bir muddatdan so‘ng qarindoshlariga uni mashina urib ketgani xabar qilingan. Ammo uch yildan so‘ng sud-tibbiyot ekspertizasi yanglishgani ma’lum bo‘lgan.
Huquq-tartibot organlari vakillari uni 2012-yilga qadar qidirgan. Qarindoshlari Ma Sisyanning dafn marosimini o‘tkazgan. Ammo, uch yil o‘tib, qarindoshlariga ekspertlar yo‘l qo‘ygan xato haqida ma’lum qilingan.
Bir muddatdan so‘ng erkak topildi. U yillar davomida shu atrofdagi nolegal fabrikalardan birida ishlab kelgani aniqlandi.
Ayni paytda tegishli tashkilotlar uning o‘rniga kim dafn etilganini aniqlashga urinmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)