Janubiy Afrika Respublikasida 6-may kuni ko‘p qavatli bino qulashi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, hodisa Janubiy Afrika Respublikasining Jorj shahrida yuz bergan. Halokat oqibatida kamida 48 kishi vayronalar ostida qolib ketgan.
Hududda qutqaruv missiyalari davom etayotgani xabar qilingan. Halokat yuz bergan G‘arbiy Keyp provinsiyasida 7-may kuni soat 14:00 atrofida 26 kishi vayronalar ostidan olib chiqilgan.
“Qutqaruv xodimlaridan iborat uch guruh hozirda bino qulagan hududda ish olib bormoqda”, — deyilgan rasmiy xabarda.
G‘arbiy Keyp provinsiyasi rahbariyati maʼlum qilishicha, qutqaruv operatsiyasi to‘rt-besh kun davom etadi. Voqea joyiga umumiy 111 nafar favqulodda xizmat xodimlari jalb qilingan.
Izoh (0)