Reuters agentligi bir qator ekspertlar, jumladan, strategiyalar va texnologiyalar tahlili markazi katta ilmiy xodimi Mixail Barabanovning ma’lumotlariga tayanib, Rossiya Qrim yarim orolida “Iskander-M” operativ-taktik raketa komplekslarini joylashtirilishi mumkinligini xabar qildi. Bu haqda “RBK” ma’lumot bermoqda.
Agentlik o‘z manbalariga tayangan holda 2019-yilga kelib komplekslar Rossiyaning Kaliningrad viloyatida ham joylashtirilishi mumkinligini yozmoqda.
“O‘ylashimcha, Kreml 2018- yoki 2019-yilda, Polshada raketaga qarshi mudofaa tizimi elementlari ishlay boshlaganidan so‘ng Kaliningradda ‘Iskander’lar joylashtirish qarorini rasman e’lon qiladi”, — deb ta’kidladi Barabanov.
Ekspertning fikricha, Kaliningraddagi komplekslar yadro kallaklari bilan ta’minlanmaydi, ammo Rossiya zarurat tug‘ilganda har doim bunga qo‘l urishga tayyor bo‘ladi.
Izoh (0)