30-iyun soat 15:00 dan 16:00 ga qadar AQSh elchixonasi konsullik bo‘limi xodimlari, jumladan, konsul o‘rinbosari Ladislav Beranek “AQShga noimmigratsion vizani suhbatdan o‘tmay olish uchun murojaat qilish dasturi” to‘g‘risida veb-chat o‘tkazadi. Bu haqda “Anons.uz” xabar bermoqda.
Elchixonaning Facebook’dagi sahifasida aniqlashtirilishicha, individual xarakterdagi savollarga javob berilmaydi.
Savollarni 30-iyun soat 12:00 dan boshlab AQSh elchixonasining Facebook’dagi sahifasida joylashtiriladigan maxsus havola orqali yo‘llash mumkin bo‘ladi.
Savollar o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilishi mumkin. Savol qaysi tilda berilsa, javob ham o‘sha tilda qaytariladi.
Izoh (0)