Pablo Pikassoning 1909-yilda chizilgan “O‘tirgan ayol” kartinasi Londondagi kimoshdi savdosida 43,3 million funtga (63,3 million dollar atrofida) sotildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Savdolar tashkil etilgan Sotheby’s kimoshdi savdo uyi mazkur kartina kimoshdi savdolarida sotilgan kubizm uslubida ishlangan kartinalarning eng qimmati bo‘lganligini ma’lum qildi. Uning dastlabki qiymati 28 million funtni (41 million dollar) tashkil etgan.
Bundan tashqari, Fransiya, Yaponiya va Shveysariyaning yirik galereyalarida namoyish etilgan Modilyanining kartinasi 38,5 million funtga (56,3 million dollar) sotilgan.
Kimoshdi savdosi uchligidan Pol Gogenning 3,4 million funtga (4,9 million dollar) sotilgan “Olmalar natyurmorti” kartinasi ham joy oldi.
Izoh (0)