Checheniston rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ramzan Qodirov respublika aholisi va Rossiyaning barcha fuqarolarini Grozniy hamda Derbent shaharlarini qayta chiqarilayotgan 200 va 2000 rubl nominalidagi kupyuralarda tasvirlanishi uchun ovoz berishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sizlardan Shimoliy Kavkaz ishlari vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Grozniy va Derbent shaharlarini Rossiya Markaziy Banki tomonida qayta chiqarilayotgan 200 hamda 2000 rubl nominalidagi kupyuralarda tasvirlanishi uchun ovoz berishni qo‘llab-quvvatlashingizni iltimos qilaman”, — deya yozgan Qodirov “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoniga ko‘ra, 2018-yilda Grozniy shahrining 200, undan oldinroq Derbentning 2000 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Mamlakat markaziy banki aprelda 2017-yili 200 va 2000 rubl nominalidagi yangi kupyuralar chiqarilishini e’lon qildi. Bank ular dizaynini jamoatchilik muhokamasi yordamida tanlab oladi. Qator mintaqalar, jumladan, Dog‘iston va Checheniston o‘zlarining variantlarini taklif etdi.
Izoh (0)