22-iyun kuni ertalab “Tolibon” ekstremistik guruhi jangarilari Afg‘oniston janubida garovga olingan avtobusning oxirgi besh yo‘lovchisini ozod qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
21-iyun kuni jangarilar Hilmand viloyatida avtobus va yuk mashinalarni hamda ulardagi yo‘lovchilarni, jami 43 kishini garovga olgan edi. O‘sha kuni kechki soatlarga qadar garovga olingan 38 kishi qo‘yib yuborildi.
Hilmand politsiya boshqarmasi boshlig‘i Oqonur Kentus bergan ma’lumotga ko‘ra, garovdagi oxirgi besh kishi qabila oqsoqollarining vositachiligida ozod qilindi.
Izoh (0)