Rossiya tergov qo‘mitasining bildirishicha, 2014-yil sentabrining oxirida fuqaro Ruslan Muxudinov va boshqa bir qator shaxslar fuqarolar Shavanov, Dadayev, Anzor va Shadid Gubashev, Baxayev va Eskerxanovlarga pul evaziga muxolif siyosatchi Boris Nemsovni o‘ldirishni taklif qilgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, tilga olingan shaxslar taklif qilingan shartlarga ko‘ngan va guruh bo‘lib qotillikni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, siyosatchi Boris Nemsov 2015-yilning 27-fevral kuni Moskvada o‘ldirib ketilgan edi. Jinoyat yuzasidan tergov ishlari bugungi kunga qadar davom etmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)