Markaziy Afrika Respublikasining shimolida fulbe etnik guruhining “Seleka” islomiy koalitsiyasi tarafdorlari to‘qnashuvlari oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlar asosan fulbe xalqi vakillari ekanligi aytilmoqda. To‘qnashuvlar Batangafo tumanida boshlanib, so‘ng Vanago va Gundava aholi yashash punktlariga tarqalgan.
MAR diniy jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 2013-yil martida boshlangan edi. “Seleka” koalitsiyasi xristian diniga mansub prezident Fransua Bozizeni ag‘darib tashlaganidan so‘ng xristianlarni qirg‘in qilish boshlandi. Bunga javoban xristianlar “Anti-balaka” ko‘ngilli otryadlarini tashkil etdi. To‘qnashuvlar oqibatida bir necha ming kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)