19-iyun, yakshanba kuni qutqaruvchilar shved alpinisti va uning Sankt-peterburglik ikki hamkasbini Elbrusdan muvaffaqiyatli tushirdi. Bu haqda Rossiya FVV Kabarda-Balkariya Respublikasi bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Kantemir Berov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
“23:10 da Elbrusda qutqaruv ishlari yakunlandi. Shvetsiyalik alpinist, shuningdek, Sankt-peterburglik erkak va ayol Azau yalangligiga evakuatsiya qilindi. Ularni kasalxonaga yuborish zarurati yuzaga kelmadi”, — dedi Berov.
U, shuningdek, guruhning yana uch nafar a’zosi mustaqil ravishda pastga tushganligiga aniqlik kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgdan Kabarda-Balkariya Respublikasiga kelgan olti alpinist Elbrus tog‘idan turib qutqaruvchilardan yordam so‘raganligi haqida ma’lum qilingan edi. Bunga guruh tarkibidagi shved alpinistining o‘zini yomon his qilganligi sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)