• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    ShHTga a’zo barcha davlatlarning rahbarlari Toshkent sammitida ishtirok etishini tasdiqladi

    Toshkentda shu yilning 23–24-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan ShHT sammitining Toshkentdagi xalqaro matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etishi rasman tasdiqlangani ta’kidlandi.

    Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Mo‘g‘uliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif kuzatuvchi davlatlar vakillari sifatida, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qiluvchi mamlakat mehmoni sifatida ishtirok etadi.

    Majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev ham qatnashadi.

    ShHT sammitida xalqaro hamkor tashkilotlar rahbarlari — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Jeffri Feltman, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, ASEAN Bosh kotibi Le Liong Min, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning ijrochi direktori Gun Szyanvey ham ishtirok etadi.

    O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A. Nosirovning ma’lum qilishicha, tadbirda ishtirok etish uchun Toshkentga ShHTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, chet el ommaviy axborot vositalarining qariyb 1000 vakili tashrif buyuradi.

    Bo‘lajak ShHT sammiti davlat rahbarlarining yubiley majlisi bo‘lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzilganining 15 yilligiga bag‘ishlanadi.

    Davlat rahbarlari, majlis kun tartibiga muvofiq, ShHT doirasida serqirra va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama etadi, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashadi.

    Davlat rahbarlari uchrashuvi yakunida asosiy hujjat — ShHT o‘n besh yilligining Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi. Unda tashkilotning so‘nggi o‘n besh yillik faoliyati, a’zo davlatlarning ShHTni rivojlantirish istiqbollariga nisbatan kelishilgan yondashuvlari, shuningdek, joriy xalqaro hamda mintaqaviy vaziyat bo‘yicha pozitsiya o‘rin oladi.

    Davlat rahbarlari 2025-yilgacha ShHTni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishga doir 2016–2020-yillarga mo‘ljallangan harakat rejasi va ShHTni rivojlantirish, unga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi.

    ShHTning bo‘lajak sammiti O‘zbekistonning tashkilotga raisligining so‘nggi tadbiridir. O‘zbekiston raisligida ShHT faoliyatini yanada takomillashtirish, tashkilot doirasida siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va gumanitar aloqalar sohalarida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisi kun tartibini mazmunan boyitishga alohida e’tibor qaratildi.

    ShHT sammiti arafasida Toshkentda tashkilotga a’zo davlatlarning turli vazirlik va idoralar rahbarlarining qator uchrashuvlari o‘tkaziladi. ShHTga a’zo davlatlar madaniyat vazirlarining 21–22-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida madaniyat va san’at sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan.

    22–23-iyun kunlari ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi va Banklararo birlashma kengashining ham majlislari o‘tkaziladi. Ularning doirasida tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning ishbilarmon hamda moliyaviy doiralar vakillarining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasida ishtirokini faollashtirish haqida fikr almashish mo‘ljallanmoqda.

    ShHT sammiti hujjatlari bo‘yicha yakuniy kelishish maqsadida 20–22-iyun kunlari ShHTga a’zo davlatlar milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

    20.06.2016, 22:33   Izoh (0)   13631
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hujjat qabul qilishni boshlagan O‘zbekiston OTMlari, Darbanddagi bojxona punkti, Olmaotada qayiqqa aylangan Tesla va kunning boshqa muhim yangiliklari

    20.06.2016, 19:29

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 4 so‘m 72 tiyinga oshdi

    20.06.2016, 19:15

    Toshkentda 21-iyun kuni yomg‘ir yog‘ishi va kuchli shamol bo‘lishi mumkin

    20.06.2016, 19:06

    Ramazonda niyat qilishning oxirgi vaqti qachon?

    20.06.2016, 17:39

    O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 22-iyungacha sel kelishi xavfi bor

    20.06.2016, 17:24

    UzCard terminallari UnionPay kartalarini qabul qiladi

    20.06.2016, 13:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Forbes o‘z kuchi bilan boylik orttirgan eng badavlat ayollar reytingini e’lon qildi

    Shou-biznes | 9 iyun, 15:23

    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?

    Reklama | 9 iyun, 15:00

    O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 15:15

    Isroil G‘azoga ketayotgan Greta Tunberg va kemaning boshqa ekipajini hibsga oldi

    Dunyo | 9 iyun, 15:04

    Shveysariyaga ko‘chib o‘tish evaziga 26 ming dollar vaʼda qilinmoqda

    Layfstayl | 9 iyun, 14:58

    Germaniya urushdan himoyalanish uchun millionlab bunkerlar qurishni rejalashtirdi

    Dunyo | 9 iyun, 14:52

    “Imtihon tizimini o‘zgartirish kerak” — nega maktab bitiruvchisi repetitorga qatnamay, universitetga kirolmayapti?

    O‘zbekiston | 9 iyun, 14:43

    Alkaras – Sinner: “Rolan Garros-2025” finalidagi keskin kurash va ispan tennischisining g‘alabasi

    Sport | 9 iyun, 14:29

    Sothebyʼs auksionida Jeyn Birkinga tegishli birinchi Hermes Birkin sumkasi sotiladi

    Layfstayl | 9 iyun, 14:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.