Meksika janubidagi Oaxaka shtatida hukumat siyosatidan norozi bo‘lib ko‘chalarga chiqqan o‘qituvchilarning politsiya bilan keng miqyosli to‘qnashuvlari davomida kamida sakkiz kishi, shu jumladan, bir nafar OAV vakili halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mintaqa jamoat xavfsizligi vaziri Xorxe Alberto Ruis Martinesning so‘zlariga qaraganda, jabrlanganlar soni 100 kishidan oshadi. Ulardan 55 nafari politsiyachilar bo‘lib, huquq-tartibot xodimlarining sakkiz nafari o‘qotar qurollardan yaralangan.
Ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanib 24 kishi qo‘lga olingani va prokuraturaga topshirilgani aytilmoqda.
Federal politsiya komissari Enriko Galindo asosiy zo‘ravonlik harakatlarini o‘qituvchilar emas, balki namoyish davomida ularga qo‘shilib olgan radikal guruhlar amalga oshirganini aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bunday guruhlar reja asosida harakat qilib, politsiyani tuzoqqa tushirgan. Huquq-tartibot xodimlariga qarshi nafaqat o‘qotar qurollar, balki petardalar va yonuvchi aralashma solingan shisha idishlar qo‘llangan.
Izoh (0)