Peruning sobiq prezidenti Alberto Fuximori sog‘lig‘i yomonlashgani bois qamoqxonadan shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qamoq ma’muriyati rahbari Xulio Maganning so‘zlariga qaraganda, Fuximori kuchli gipertoniyadan aziyat chekmoqda, shuningdek, unda og‘iz bo‘shlig‘i va oshqozondagi og‘riqlar hamda tushkunlik kuzatilmoqda.
1990–2000-yillarda Peru prezidenti lavozimini egallagan 77 yoshli Alberto Fuximori 2009-yilda korrupsiya hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib 25 yilga qamalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, shu oy uning qizi — Keyko Fuximori prezidentlik bahslarida mag‘lubiyatga uchradi.
Izoh (0)