Kanadalik xonanda Jastin Biber o‘z yurtida konsert berayotgan vaqtda sahnadagi lyuk ichiga quladi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Xonanda muxlislar hayqirig‘i ostida sahnada yurib, shu vaqtning o‘zida ko‘ylagini to‘g‘rilab ketayotgan edi. Ko‘ylagi bilan ovora bo‘lib qolgan Biber sahnadagi lyukni payqamay qoldi va uning ichiga quladi.
Jastin mustaqil ravishda lyuk ichidan chiqib, hazil tariqasida yengil jarohat olganiga shama qildi.
Izoh (0)