The Voice shousi qatnashchisi, 22 yoshli Kristina Grimmining qotili xonandani telbalarcha yaxshi ko‘rgan va hamkasblariga ular turmush qurishlari haqida gapirgan. Bu haqda TMZ ma’lum qildi.
27 yoshli Kevin Loybl xizmat qilgan Best Buy kompaniyasi xodimlarining bildirishicha, yigit Grimmi yoqtirib qolishi uchun ko‘zini operatsiya qildirgan, sochini ko‘chirib o‘tqazgan, ozish uchun vegetarianlikka amal qilgan. Ish joyida doim Kristina Grimmining qo‘shiqlarini tinglagan. Mart oyida Loybl xonanda konsertida bo‘lgan va hamkasblariga u bilan tanishgani, birga tarmoq o‘yinlarida ishtirok etishayotganini hikoya qilgan. Grimmiga yaqin manba esa ular hech qachon tanish bo‘lmaganini ta’kidlagan. Hamkasblari qo‘shiqchini yigiti — prodyuseri borligini eslatib, Loyblning jig‘iga tegishgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 iyun kuni Grimmi Orlandodagi konsertidan so‘ng muxlislarga dastxat berayotganda unga qarata o‘q uzilgan. Kristinaning akasi jinoyatchini ushlashga harakat qilgan, ammo qotil o‘zini ham otib o‘ldirgan.
Izoh (0)