Samarqandda 9-iyun kuni havo harorati +37,7 darajagacha ko‘tarildi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Shaharning 9-iyun tarixidagi eng yuqori harorat bungacha 2013-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 9-iyun kuni havo harorati +37,5 darajaga yetgan edi.
Avvalroq Toshkent va Termiz shaharlarida ham 2016-yilning 9-iyun kuni ushbu shaharlar tarixidagi eng issiq 9-iyunlar bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, 15-iyun, chorshanba kuni Samarqand viloyatida havo harorati +33...+38 daraja bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq va kuchli shamol bo‘lishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)