Braziliya futboli rahbariyati milliy terma jamoa bosh murabbiyi Karlos Dungani iste’foga chiqardi. Bu haqda “Chempionat” Braziliya Futbol Konfederatsiyasiga asoslanib xabar tarqatdi.
Dunganing ketidan u bilan birga faoliyat olib borgan murabbiylar shtabining barcha ishchilariga ham javob berilgan.Konfederatsiya sayti bu haqda shunday deb yozdi: “Qaror kunning ikkinchi yarmidagi uchrashuvdan keyin qabul qilindi. Braziliya Futbol Konfederatsiyasi yangi murabbiylar shtabini izlash ishlarini boshladi. Biz Dunga va uning shtabiga sidqidildan mehnat qilgani uchun minnatdorchilik bildiramiz”.
Qayd etish kerak, 52 yoshli mutaxassis 2014-yilga kelib Braziliya milliy terma jamoasini ikkinchi bor qabul qilib olgandi. Uning boshchiligida Braziliya terma jamoasi 1987-yildan buyon birinchi marta Kopa Amerikaning pley-off bosqichiga chiqa olmadi.
Ma’lumot uchun, AQShda davom etayotgan Kopa Amerika—2016 musobaqasida Braziliya terma jamoasi o‘z guruhida 4 ochko to‘plab, chorak final yo‘llanmasidan mosuvo bo‘ldi.
Izoh (0)