Janubi-g‘arbiy Xitoydagi Sichuan provinsiyasi, Panchjixua shahar okrugida 13-iyun, dushanba kuni yuk poyezdi izidan chiqib ketdi va uyga borib urildi. Buning oqibatida uch kishi jarohatlandi, bir kishi bedarak yo‘qoldi, deya xabar beradi “TASS”.
Sina portali ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida ikki mashinist va bir nafar temiryo‘l ishchisi bor. Hozirda qutqaruvchilar poyezd vayron qilgan uydagi beshta xonadan birida bo‘lgani taxmin qilinayotgan pensionerni qidirmoqda.
Tergovchilarning aniqlashiga ko‘ra, lokomotiv zaxira yo‘lida to‘xtatishi kerak bo‘lgan, biroq hozircha noma’lum sababga ko‘ra bu holat yuz bermagan. Rasmiylar hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.
Izoh (0)