Foxconn Technology Group kompaniyasi direktori Terri Gou o‘z xodimlariga Apple smartfonlariga bo‘lgan talab keyingi yilning boshiga qadar past darajada bo‘lishini bildirdi. Bu haqda, Nikkei Asian Review nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Foxconn hisob-kitoblariga qaraganda, 2016-yilda jami 220 million iPhone sotiladi — bu o‘tgan yilgidan 8,6 foizga kamroqdir.
O‘z navbatida, Yuanta Investment Consulting vakili Jeff Pu bu ko‘rsatkich 207 millionga teng bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Agar prognozlar amalga oshsa, bu 2007-yildan buyon birinchi marta iPhone xaridlarining tushishi bo‘ladi. Shu paytgacha ushbu ko‘rsatkich har yili o‘sib kelayotgan edi.
Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, xaridorlar yangi smartfonga jiddiy qiziqish bildirmagani ham bunga sabab bo‘lmoqda.
Hon Hai Precision Industry nomi bilan ham mashhur bo‘lgan Foxconn Technology Group kompaniyasi Apple smartfonlarining 70 foizini ishlab chiqaradi.
Izoh (0)