Hyundai Motor va Kia Motors kompaniyalari AQSh va Janubiy Koreyadan 370 mingga yaqin avtomobilni chaqirib oladi. Bu haqda, kompaniya vakillarining ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hyundai kapot ustki qismidagi qo‘shimcha qulfdagi muammo tufayli AQSh bozoridan 81 mingta hamda mahalliy bozordan 62 mingta Tucson yo‘ltanlamasini qabul qilib oladi. 2015-yilning 19-mayidan 2016-yilning 14-martiga qadar Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan mashinalar qaytarib olinadi.
Shu bilan bir paytda Kia Motors yuqoridagi kabi muammo aniqlanganligi uchun 219,8 mingta Sedona minivenini ta’mirdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ular 2005-yilning 15-iyunidan 2014-yilning 4-apreliga qadar ishlab chiqarilgan.
Izoh (0)