Britaniyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi — Jaguar Land Rover (JLR) Xitoyning Jiangling Motor kompaniyasini Range Rover Evoque avtomobili dizaynini ko‘chirib olishda ayblab, sudga berdi. Bu haqda ish bilan tanish bo‘lgan manbasiga tayanib, Reuters xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Hindistonning Tata Motors kompaniyasiga tegishli JLR vakili Jiangling’ga nisbatan Xitoydagi sudga da’vo arizasi berilganini tasdiqlab, u mualliflik huquqlari buzilishi va insofsiz raqobat bilan bog‘liq ekanligini aytdi.
Reuters manbasi so‘zlariga ko‘ra, Britaniya kompaniyasi Jiangling Landwind X7 sport yo‘ltanlamasining dizayni Range Rover Evoque’dan ko‘chirib olinganini da’vo qilmoqda. Landwind vakili esa izohlardan bosh tortdi.
Izoh (0)