Kanadalik xonanda Jastin Biber Klivlendda (AQSh) o‘zidan taxminan ikki barobar kattaroq erkak bilan mushtlashdi. Voqea aks etgan video TMZ portali tomonidan taqdim etildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qariyb ikki metr keladigan afroamerikalik Lamont Richmond shou-biznes yulduzini mehmonxona yaqinida kutib oldi. Biber shaharga NBA ligasi finali — “Klivlend” va “Golden Steyt Uorriorz” basketbol jamoalari o‘rtasidagi bahsni tomosha qilishga kelgan edi.
Richmond Biberdan dastxat qo‘yib berishni, shuningdek, yonidagi qiz bilan birga suratga tushishni so‘radi. Bunga javoban Biber “Bugun hech qanday dastxatlar bo‘lmaydi” dedi, shuningdek, amerikalik erkakka nisbatan haqorat so‘zlarini ishlatdi.
Bu bilan kifoyalanmagan 22-yoshli kanadalik xonanda erkakka tarmashib ketdi. Lamont esa hech qanday muammolarsiz Biberni polga to‘shab qo‘ydi.
Voqea guvohlari yosh xonanda mast bo‘lganini e’tirof etmoqda.
Richmond, agarda bor kuchini ishlatsa, yigitchani o‘ldirib qo‘yishi mumkinligini aytib o‘tdi. U Biberni sudga berishga tayyorlanmoqda.
Izoh (0)