Bir muddat avval Telegram messenjerida xonanda Sardor Rahimxonning vafot etgani haqida asossiz xabarlar tarqatish orqali Telegram-kanallarga yangi obunachilarni to‘plash amaliyoti boshlangan edi.
“O‘zbekiston estrada yulduzi Sardor Rahimxon baxtsiz hodisa sabab olamdan ko‘z yumdi”, — degan gapdan so‘ng, “Barcha ma’lumotlar mana bu yerda” deb maxsus havola ko‘rsatilgan va uni bosgan foydalanuvchi u yoki bu Telegram-kanalga obuna bo‘lgan.
Xonandaning o‘zi Instagram’dagi sahifasi orqali mazkur holatga munosabat bildirdi: “Ramazon oyida birovning ko‘nglini ranjitish gunohi og‘ir. Birovga o‘lim tilagandan ko‘ra, o‘ziga umr tilasa bo‘lardi. Azizlar, bunday gap-so‘zlarga e’tibor bermang. Xudoga shukr, sog‘-salomatman. Alloh bunday insonlarga o‘zi jazo bersin, yaxshisi, insof bersin”.
Izoh (0)