Instagram’da AQSh prezidenti Barak Obama kortejining Park Avenyudan (Nyu-Yorkning markaziy ko‘chalaridan biri) o‘tishi paytida olingan bir videolavha e’lon qilindi. Unda politsiya zanjiridan o‘tib ketishga uringan velosipedchining qo‘llari qayrilib, asfaltga yotqizilgani aks etgan, deb xabar bermoqda TJournal.
Aytilishicha, erkak to‘siqlarning yo‘qligi bois ko‘cha yopilganini payqamagan. Yaqinlashayotgan kortejga yuz burib turgan politsiyachilar velosipedchi Park Avenyuga chiqib ketay deganida uni ko‘rib qolgan. Erkakni mototsiklchilar urib ketishi yoki uning o‘zi prezidentga xavf tug‘dirishi mumkin edi.
Velosipedchi darhol yiqitildi va uning qo‘liga kishan solindi. Kortej muammolarsiz o‘tdi. Shu bilan birga, Obamaning Manxettendan o‘tishi yo‘llarda tirbandlik keltirib chiqardi.
Velosipedchining ismi-sharifi oshkor qilinmayapti, u 59 yoshdagi erkak ekanligi ma’lum, xolos. Politsiya velosipedchi jamoat tartibini buzgani uchun sudga chaqiruv qog‘ozi olganini tasdiqladi.
https://www.instagram.com/p/BGaSn7pwHb-/
Izoh (0)