Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pelening mukofotlari, shuningdek, faoliyati bilan bog‘liq shaxsiy buyumlari — to‘plari, sport liboslari va butsalari Londonda kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Kim oshdi savdosiga Pelening 60 yillik hayotini aks ettiruvchi narsalar qo‘yildi — bular orasida ilk mukofotidan tortib, oxirgi yillarning qimmatbaho sovg‘alarigacha bor. Lotlarning umumiy qiymati 7 million dollarni tashkil etadi.
Savdoda mukofotlar, turli yillarda tortiq etilgan soatlar, shaharlarning ramziy kalitlari va sport liboslaridan tashqari, Pele tasvirlangan rasmlar ham bor.
Pele keyinchalik farzandlari o‘rtasida munozaralar kelib chiqmasligi uchun barcha shaxsiy buyumlarini sotib yuborishga qaror qildi. Xaridlardan tushgan pullar onkologik xastaliklarga chalingan bolalarga yordam tariqasida yuboriladi.
Izoh (0)