AQSh prezidenti Barak Obama afsonaviy bokschi Muhammad Alining 10-iyun, juma kuni bo‘lib o‘tadigan dafn marosimida qatnashmaydi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Jon Fridman ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Prezident rafiqasi bilan birga Vashingtonda qizi Maliyaning bitiruv oqshomida bo‘ladi”, — dedi u.
Fridmanning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning eng yaqin yordamchilaridan biri janoza chog‘ida er-xotin Obamalar nomidan xat o‘qib beradi.
Eslatib o‘tamiz, 74 yoshli Muhammad Ali 3-iyun kuni Amerikaning Finiks shahridagi kasalxonalardan birida vafot etdi, u yerga bokschi nafas olish bilan bog‘liq muammolar tufayli yetkazilgan edi.
Avvalroq Obama Muhammad Alining boks qo‘lqopini o‘z ish kabinetida saqlashini tan olgan edi.
Izoh (0)