Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT bosh kotibi Pan Gi Munni Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi. Tegishli hujjat 8-iyun, chorshanba kuni Rossiya huquqiy axborot portalida chop etildi, deb ma’lum qilmoqda “TASS”.
Prezident farmoniga binoan, Pan Gi Munga orden “tinchlik, do‘stlik, xalqlar o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun” topshirildi.
Izoh (0)