Koreya Respublikasi milliy politsiya agentligi KXDR maxsus xizmatlarini shu yilning yanvar va mart oylarida bir qancha keng miqyosli kiberhujumlarni uyushtirganlikda aybladi. Buni Janubiy Koreya huquq-tartibot idoralari o‘tkazgan tergov natijalari ko‘rsatmoqda, deb ma’lum qiladi “TASS”.
Jumladan, Janubiy Koreyaning ko‘plab kompyuterlariga virusli xabarlar yo‘llangani aytilmoqda. Bundan tashqari, yanvar oyida montajlangan videorolik tarqatilgan bo‘lib, unda Janubiy Koreya prezidenti go‘yoki KXDR yadroviy dasturini qo‘llab-quvvatlagani aks etgan.
Politsiyadagi ma’lumotlarga qaraganda, barcha kiberhujumlar shunday uyushtirilganki, ularning ijrochilari texnik jihatdan Janubiy Koreyada turganday ko‘rsatilgan.
“Aftidan, bu xatti-harakatlar Shimolning tashviqot kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan”, — xulosa qilgan politsiya mutaxassislari.
Izoh (0)