Jahon banki “Global iqtisodiy islohotlar” nomli yangi hisobotni chop etdi. Bu haqda “Anons.uz” xabar bermoqda.
Bank tahlilchilariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2016-yilda yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishi 7,5% darajasida bo‘ladi. 2017—2018-yillarda bu ko‘rsatkich 7,7 foizgacha o‘sishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Jahon banki 2016—2017-yillar uchun dunyo iqtisodiyoti o‘sish sur’atlarini 0,5 va 0,3 punkt, ya’ni tegishli ravishda 2,4 va 2,8 foizgacha pasaytirishga qaror qilgan.
Izoh (0)