Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon banki dunyo bozoridagi neft narxi 2016-yilda yanada tushishda davom etishini, 2017-yilda esa pasayish ko‘tarilish bilan almashishini kutmoqda. Bu haqda Jahon bankining dunyo iqtisodiyoti holati va istiqbollari haqidagi yangi tahliliy ma’ruzasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “Trend.az”

Foto: “Trend.az”

Hujjatga ko‘ra, neftning o‘rtacha narxi joriy yilda barreliga 41 dollarni tashkil etishi kerak. Yanvarda barreliga 51 dollardan iborat raqam aytilgan edi. 2017-yil uchun esa endi barreliga 50 dollar darajasidagi neft narxi prognoz qilinmoqda.

Ma’ruza mualliflari Xalqaro energetika agentligiga tayanib yozishicha, OPEK mamlakatlaridan tashqarida neft qazib olish kuniga qariyb 0,8 million barrelgacha pasayishi kerak, bu asosan AQShda kuzatilishi aytilmoqda.

Ekspertlar, shu bilan birga, voqealar rivoji ularning prognozini yo‘qqa chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Dunyo
Lukashenko “kuchsiz Mercedes” tufayli YOII sammitiga piyoda keldi (video)