Chexiya beshinchi divizionidan o‘rin olgan “Batov-1930” hamda “Frishtak” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida futbolchilar jami 52 marta zarba berdi, deb xabar bermoqda “Championat.asia”.
Uchrashuvning asosiy vaqti va qo‘shimcha bo‘limlarida 3:3 hisobi qayd etildi. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida “Batov-1930” jamoasi 22:21 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu eng uzun penaltilar seriyasi bo‘lgani aytilmoqda. Bundan oldingi dunyo rekordi 2005-yil, 23-yanvar kuni Namibiya kubogi doirasida qayd etilgandi. “KK Pelas” va “Siviks” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida futbolchilar 48 ta zarba bergandi. “KK Pelas” esa 17:16 hisobida zafar quchgan edi.
Izoh (0)