Futbol bo‘yicha Abxaziya terma jamoasi Mustaqil futbol assotsiatsiyalari konfederatsiyasi (ConIFA) bayrog‘i ostida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati finaliga chiqdi. Abxaziya termasi yarim finalda Shimoliy Kiprni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Bugun, 5-iyun kuni musobaqa finalida Abxaziya futbolchilari Panjob termasiga qarshi maydonga chiqadi.
ConIFA jahon chempionati 28-may kuni Abxaziyada start olgandi. Turnir mezboni bunga qadar G‘arbiy Armaniston (1:0), Chagos orollari (9:0) va Laplandiya (2:0) termalarini mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Ma’lumot uchun, Mustaqil futbol assotsiatsiyalari konfederatsiyasi 2013-yilda tashkil topgan bo‘lib, uning tarkibiga dunyoning 5 qit’asidan jami 36 jamoa kiritilgan. Bu yilgi jahon chempionatida 12 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.
Izoh (0)