Parijning Luvr muzeyi Fransiya poytaxtidagi suv toshqinlari tahdidi tufayli 3-iyun, juma kuni tashrif buyuruvchilar uchun yopiladi. Bu haqda, muzey rahbariyati ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Muzeyda suv toshqini tahdididan ogohlantirish e’lon qilingan.
Luvr rahbariyatining aniqlik kiritishicha, muzey xodimlari suv toshqinidan himoyalanmagan hududdagi asarlarni evakuatsiya qilishni boshlaydi. Eksponatlar vaqtincha yuqoridagi qavatlarga joylashtiriladi.
Senadagi kuchli yomg‘irlar tufayli suv sathi 2-iyun, payshanba kuni 5,08 metrga yetdi. Tabiiy hodisa sababli tahdidning “to‘q sariq” darajasi e’lon qilingan.
Izoh (0)