2015-yil oxirida Ispaniya hukumati raisi vazifasini bajaruvchi Mariano Raxoyga hujum qilgan o‘smir ikki yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi. Bu haqda, El Mundo nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea o‘tgan yilning 16-dekabrida sodir bo‘ldi. Bosh vazir v.b. saylov kampaniyasi doirasida Galisiya muxtor viloyatidagi Pontevedra shahriga Xalq partiyasining boshqa a’zolari bilan birgalikda tashrif buyurgandi. U fuqarolar bilan suhbatlashayotgan paytda hukumat rahbari bilan suratga tushish bahonasida unga yaqinlashgan yigit Raxoyning yuziga musht tushirdi. 17 yoshli huquqbuzar darhol qo‘lga olindi.
Javobgarning advokati Xorxe Kubela Raxoy oldida shaxsan uzr suradi. Bosh vazir v.b., o‘z navbatida, o‘smirga qarshi ayblov ilgari surmadi.
Izoh (0)