“Yulduzcha” bolalar musiqiy teletanloviga arizalar qabul qilish jarayoni 6-iyunga qadar davom etadi. Yoshlar tashabbuslari markazidan ma’lum qilishlaricha, mazkur qaror jamoatchilik tomonidan bildirilgan taklif va istaklardan kelib chiqib qabul qilingan.
Qayd etishlaricha, hozircha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirish bo‘yicha Farg‘ona, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri vakillari nisbatan yuqori faollik ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot uchun, “Yulduzcha” teletanlovining respublika saralash bosqichi 7—9-iyun kunlari Toshkentning Mustaqillik maydonida joylashgan Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)