O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistratura yo‘nalishini tamomlash arafasida turgan aktrisa Ra’no Shodiyeva ilmiy ish bilan band, deya xabar bermoqda “7x7” gazetasi.
Xabar berishlaricha, taniqli aktrisa “Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalashda qo‘g‘irchoq teatrining tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy ish yoqlamoqda.
“Men imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlayman. Bu mavzu menga begona emasligi uchun ham shu ishga qo‘l urdim”, — dedi aktrisa.
Izoh (0)