Xonanda Botir Qodirov nima uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini tushuntirdi. Bu haqda u “7x7” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bunga vaqtim yo‘q. Qimmatli vaqtimni nima ish qilayotganim, qaysi kuy ustida ishlayotganim, nima ovqat yeyayotganimni rasmga olishga sarflashni istamayman. Internetga ijodiy izlanish uchun kiraman, xolos”, — dedi xonanda.
O‘z navbatida, Botir Qodirov uning nomidan ochilgan soxta akkauntlarga ham munosabat bildirdi.
“Bu birorta yosh bolaning ishi bo‘lsa kerak, negaki, aqlli odam bu ishni qilmaydi. Bunga unchalik e’tibor berganim ham yo‘q”, — dedi Botir Qodirov.
Izoh (0)